20 iyu 08:11
Yangiliklar

Kopa Amerika. Argentina yana yuta olmadi va guruhda so'nggi o'ringa tushib ketdi
Unda Argentina terma jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda hisobni 37-daqiqada paragvayliklar azosi Richard Sanches ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limning 57-daqiqasida Leo Messi VAR orqali belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtidi.
Mazkur hisob o'yin so'ngiga qadar o'zgarmay qoldi. Bu natijadan so'ng Argentina terma jamoasi guruhda so'nggi o'ringa tushib qoldi.
Argentina — Paragvay 1:1
Gollar: 0:1 – 37 Sanches, 1:1 – 57, penalti Messi.
Argentina – Armani, Kasko, Talyafiko, Otamendi, Peccelya, Paredes, Lo CHelso, Pereyra (Aguero, 46), de Paul (Suares, 87), Messi, Martines (Di Mariya, 67).
Paragvay – Fernandes, Arsamendiya, Gomes, Piris, Alonso, Roxas, Roxas, Sanches, Almiron (Ortis, 87), Santander (Romero, 72), Gonsales (Eskobar, 90).
Ogohlantirishlar: Gomes (32), Roxas (43), Armani (45), Piris (55), Talyafiko (80), Otamendi (83).
Fikrlar