20 iyu 06:08
Yangiliklar
Futbol

Kopa Amerika. Keyrushning Kolumbiyasi Qatarni kichik hisobda mag'lub etdi
Amerika Kubogining 2-turi doirasidagi Kolumbiya - Qatar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Qatarni kichik hisobda mag'lub etgan Karlush Keyrush shogirdlari guruh bosqichidan chiqqan ilk terma jamoaga aylanishdi. Yagona gol uchrashuvning 86-daqiqasida Sapata tomonidan kiritildi.
Kolumbiya – Qatar 1:0
«Estadio Cicero Pompeu de Toledo (Morumbi)»
Gol: 1:0 – 86 Sapata.
Kolumbiya – Ospina, Tesilo, Mina, Medina (Aryas, 46), Sanches, Uribe, Kuadrado (Falkao, 64), Barrios, Xames, Martines (Dias, 75), Sapata.
Qatar – Al-SHeb, Salmon, Pedru Migel, Hassan, Al-Ravi, Madibo, Xuxi, Xatem (Budiaf, 66), Almuoz, Xalid (Duzande, 84), Afif.
Ogohlantirishlar: Madibo (44), Hassan (57), Uribe (73), Pedru Migel (73), Afif (83).
Havola :
Fikrlar