26 mar 08:03
Yangiliklar
Tennis
Koronavirusga chalingan ilk tennischi aniqlandi, u yaqinda chempion bo'lgan edi
Koronavirus kasalligini yuqtirib olgan dunyodagi ilk tennischi aniqlandi.
Braziliyalik taniqli raketka ustasi Tiago Seybot Uayld koronavirusga chalingan ilk tennischiga aylandi.
"Hozir to'liq karantin holatidaman. Uyda shifokorlar nazorati hamda tavsiyasi ostida qolyapman. Sizga tavsiyam - ko'chaga chiqmang. O'zingiz va yaqinlaringizni o'ylang. SHu yo'l bilan koronavirusga qarshi kurashamiz", - deya twitter sahifasida xabar qoldirgan Tiago.
Takidlash joiz, 2020 yilgi tennis mavsumi Seybot uchun omadli boshlangandi. 20 yoshli tennischi CHilining Santyago shahrida o'tkazilgan ATP turnirida chempion bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar