17 jan 16:42
Yangiliklar

Kostyuk 21 yillik rekordni yangiladi
Murakkab kechgan saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan 15 yoshli Marta Australian Open musobaqasi tarixidagi kvalifikaciya, yani saralashda ishtirok etgan eng yosh tennischiga aylangandi.
Bugun u yana bir tarixiy natijani yangiladi. Kostyuk uchinchi davraga yo'l olish barobarida 1997 yildan beri “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning ushbu bosqichiga etib kelgan eng yosh tennischi bo'ldi.
Marta 15 yoshu 6 oyligida bu rekordni qayd etdi. Bundan avvalgi rekord Miryana Luchich-Baroniga tegishli edi. Bu boradagi mutloq rekord esa shveycariyalik afsonaviy Martina Xingis tomonidan o'rnatilgan. Xingisning rekordini yangilashi uchun Kostyuk kamida yarim finalga etib kelishi shart.
Fikrlar