11 mar 11:38
Yangiliklar
Tennis

Kozlova Simona Xalepni qiynab qo'ydi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Simona Xalep Indian-Uellsda davom etayotgan nufuzli turnirning to'rtinchi davrasiga yo'l oldi.
Lekin ruminiyalik tennischi uchun “Masters” seriyasiga kiruvchi ushbu musobaqaning uchinchi davra uchrashuvi oson kechmadi. Xalepga BNP Paribas Open uchinchi bosqichida ukrainalik Katerina Kozlova raqiblik qildi.
Kozlova WTA reytingida 114-o'rinni egallab turibdi. SHunga qaramay u nomdor raqibasiga munosib tarzda qarshilik ko'rsata oldi. Bir soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda Xalep 7/6(3), 7/5 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar