04 avg 23:50
Yangiliklar
![](/upload/storage/2324_220.jpg)
“Krasnodar” Ahmedovsiz ham “Birkirkara”ga 3ta gol urdi
Oleg Kononov shogirdlari javob uchrashuvida ham Maltaning “Birkirkara” klubi darvozasiga 3ta to'p kiritishdi. Faqat birinchi o'yindan farqli ravishda javob uchrashuvida o'z darvozalaridan bitta to'p o'tkazib yuborishdi.
SHuningdek, bosh murabbiy asosiy tarkibning bir necha nafar futbolchilari, xususan terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovga ham dam berishni lozim topdi. “Krasnodar”ning pley-off bosqichidagi raqibi ertaga, 5 avgust kuni malum bo'ladi.
Evropa Ligasi. 3-saralash bosqich javob uchrashuvi.
KRASNODAR (Rossiya) – BIRKIRKARA (Malta) – 3:1
“Krasnodar” – Sinicin, Torbinskiy (Pereyra, 79), Martinovich, Strannberg, Kuassi, Laborde (Ari, 41), Kabore (Gazinskiy, 69), Joaozino, Petrov, Bistrov, Vanderson.
“Birkirkara” – Koprich, SHiberras, Cerafa, Bubalovich, Attard, Dimitrov (Jorjevich, 77), Anjelkovich, Bayada (Yovich, 46), Marselina (Temile, 46), Plut, Errera.
Gollar: Kuassi, 15 (1:0); Joaozino, 37 (2:0); Laborde, 39 (3:0); Yovich, 61 (3:1).
Ogohlantirishlar: Kuassi, 57 – Dimitrov, 45; SHiberras, 58; Bubalovich, 90+1.
Birinchi o'yin: 3:0
Fikrlar