19 sen 08:40
Yangiliklar

“Krasnodar”dan irodali g'alaba, Ahmedov to'liq o'ynadi
Uchrashuvda Odil Ahmedov va uning jamoadoshlari irodali g'alabaga erishishdi. O'yinning 10-daqiqasida Navas “Rostov”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Uchrashuvning 87-daqiqasida Naldo muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan asosiy vaqtga qo'shib berilgan so'nggi daqiqada esa Fedor Smolov belgilangan penaltidan “Krasnodar”ga irodali g'alabani taqdim etdi.
Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Ushbu g'alabadan so'ng “Krasnodar” 11 ochko bilan 5-o'ringa ko'tarilib oldi.
KRASNODAR – ROSTOV 2:1 (0:1)
“stadion Kuban”
Gollar: 0:1 – 10 Navas, 1:1 – 87 Naldo, 2:1 – 90, penalti Smolov.
“Krasnodar” – Kricyuk, Grankvist, Enjeychik (Laborde, 72), Kaleshin, Naldo, Kabore, Kuassi (Okriashvili, 60), ODIL AHMEDOV, Gazinskiy, Joaozino (Torbinskiy, 60), Smolov.
“Rostov” – Janaev, Kudryashov, Granat, Terentev, Navas, Gackan, Kalachev (Poloz, 65), Dumbiya (Azmun, 58), Noboa, Eroxin (Prepelice, 89), Mevlya.
Ogohlantirishlar: Noboa (36), Poloz (77).
Fikrlar