14 okt 20:54
Yangiliklar
Tennis
Kreml kubogi. Fayziev o'zidan 207 pog'ona yuqoridagi tennischiga qarshi kortga chiqdi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev Moskva shahrida o'tkazilayotgan “Kreml kubogi”ning saralash bosqichida kortga chiqdi.
Hamyurtimiz qozog'istonlik Mixail Kukushkin bilan hisob-kitob qiladi. Ikki soatu 22 daqiqa davom etgan dramatik bahsda reytingda 207 pog'ona yuqorida turgan Kukushkin 4:6, 6:1, 7:6(7:2) g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Moskvadagi turnirning saralash
bahslarida ikkinchi raqam ostida harakat qilayotgan Mixail ayni paytda dunyo
reytingida 82-o'rinni egallab turibdi. Fayziev esa 289-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar