15 okt 08:28
Yangiliklar
Tennis
Kreml Kubogi. Istominning ilk davradagi raqibi malum bo'ldi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida davom etayotgan nufuzli Kreml Kubogining asosiy to'riga qura tashlandi.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 936 435 dollarni tashkil qiladi. VTB Kremlin Cup turnirida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Qura natijasiga ko'ra mamlakatimizning birinchi raketka ilk davrada franciyalik Jeremi SHardiga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Taqqoslash uchun, turnirning ettinchi raketkasi bo'lgan SHardi dunyo reytingida 41, Istomin esa 87-o'rinni egallab turibdi. Istomin - SHardi uchrashuvi ertaga soat 13:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan. Tennischilar shu kungacha o'zaro ikki bor to'qnash kelishgan va bittadan g'alabaga erishishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar