14 okt 08:39
Yangiliklar
Kreml kubogi. Sabina saralashda murakkab o'yin o'tkazdi
Sovrin jamg'armasi 932 866 AQSH dollarini tashkil etuvchi Kreml kubogida ikki hamyurtimiz - Sabina SHaripova hamda Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti.
Qura natijasiga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raketkasi bo'lib turgan SHaripova saralashning ilk davrasida isroillik 23 yoshli Deniz Xazanyukka qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 36 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sabina raqibasini 6/7(12), 6/4, 3/0 hisobida mag'lub etdi.
Gap shundaki, uchrashuv vakilamiz foydasiga hal bo'lib turgan bir paytda isroillik tennischi bahsni davom ettira olmasligini bildirdi va SHaripova keyingi davraga yo'l oldi.
Hamyurtimizning ikkinchi bosqichdagi raqibasi rossiyalik 28 yoshli Vitaliya Dyatchenko bo'ladi. Bu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Sabina WTA reytingida 135, Deniz 210, Vitaliya esa 117-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar