30 may 09:08
Yangiliklar
Tennis
Kreychikova Strasburgni zabt etdi
Franciyaning Strasburg shahrida tennis bo'yicha WTA turniri yakunlandi.
Bosh sovrin sayyoramizning 38-raketkasi Barbora Kreychikovaga nasib etdi. CHexiyalik tennis malikasi 1 soatu 39 daqiqa davom etgan final uchrashuvida reytingning 61-pog'onasidan joy olib turgan ruminiyalik Sorana Kirstyani 6/3, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Bahs davomida 25 yoshli Kreychikova eys zarbani amalga oshira olmadi. 31 yoshli Kirstya esa eys zarbalar soni 3 tani tashkil etdi. Internationaux de Strasbourg turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kreychikovaga 280 reyting ochkosi hamda 23,548 evro mukofot puli taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar