So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

09 noy 18:13
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket endi Surxondaryoda ham rivojalanadi

Teglar :  KriketSurxondaryo
Xabar berganimizdek, O'zbekiston Kriket federaciyasi tomonidan mamlakatimizda ushbu sport turini keng ommalashtirish, mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Ikki bosqichli murabbiylarni (Level-1 Criket Coaching) tayyorlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikdagi dastlabki o'quv-yig'in Buxoro viloyatida 3-5 noyabr kunlari  amalga oshirilgan bo'lsa, 6-8 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tashkil etildi.  

Xuddi Buxoro viloyatida bo'lgani kabi Termizda ham pokistonlik oliy toifali kriket mutaxassisi Tohir Muhammad hamda O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixlievlar tomonidan 13 nafar jismoniy tarbiya va sport murabbiylariga hamda 6 nafar kriket sport turiga qiziqish bildirgan sportchi-yoshlarga birinchi bosqich murabbiylik kursi o'tkazildi va yakunda ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar berildi.  

O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston Kriket federaciyasining taqvim-rejasidagi navbatdagi o'quv-seminar 10-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida tashkil etiladi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing