15 mar 09:29
Yangiliklar
Tennis
Kristian Garin sovrinni begona qilmadi
CHili poytaxti Santyago shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha ATP turniri yakuniga etdi.
Chile Dove Men+Care Open musobaqasida dunyoning 22-raketkasi bo'lib turgan Kristian Garin g'alabaga erishdi. Mezbonlar vakili bosh sovrin uchun kechgan final uchrashuvida reytingning 118-pog'onasidan joy olgan argentinalik Fakundo Banisni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/7(3), 7/5.
Ikki soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda Kristian 14 ta eys zarbani amalga oshirdi. Fakundoda esa bu ko'rsatkich 8 tani tashkil etdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 2:2. Bu Garinning joriy mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi beshinchi sovrini bo'ldi. O'z vatanidagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 45,000 dollar hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar