11 okt 12:40
Yangiliklar
UFC Fight Night 290 turnirining yarim million dollarlik bonuslari kimlarga nasib etdi?
Amerikalik o'rta vazn toifasi vakili Brendan Allen bugun Las-Vegasda o'tgan UFC Fight Night 290 turnirining asosiy jangida britaniyalik Kristian Leroy Dankanni beshinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub etib, o'z chiqishi uchun qo'shimcha 100 000 dollar olgan jangchilar safiga qo'shildi.
SHuningdek, o'z raqiblarini nokautga uchratgan amerikalik yarim engil vazn vakili Andre Fili va gruziyalik engil vaznli jangchi Otari Tanzilovi "Oqshomning eng yaxshi chiqishi" uchun 100 000 dollarlik bonus egalari bo'lishdi.
To'rtinchi bonus Dari ustidan birinchi raundda ustunlik qilib, unga jiddiy jarohat etkazgan va tanaffusdan keyin rossiyalik sportchini jangni davom ettirishdan bosh tortishga majbur qilgan braziliyalik Alis Pereyraga nasib etdi.
Muddatidan oldin erishilgan g'alabalar uchun 25 000 dollardan qo'shimcha bonuslarni Yulius Uoker, Francisko Prado, Niko Prays va Allen Fray qo'lga kiritishdi. Brendson Rineyro tadbirdan oldin vazn o'lchash jarayonidan o'ta olmagani sababli bonusdan mahrum bo'ldi.

Fikrlar