So’nggi yangiliklar

17:29Жек Кеттеролнинг Теофимо Лопесга қарши супер чемпионлик жанги учун кимошди савдоси ўтказилади 0 17:13Шавкат Мирзиёев UCI президенти билан учрашди 0 16:48"Абдуқодир Ҳусанов — доим 300 км/соат тезликда ҳаракат қилади" - Фабио Каннаваро 0 16:12"Бразилия ММА турнирида Доғистонни мағлуб этган бўларди" - Чарльз Оливейра 0 15:30Рахмоновнинг мураббийи Шавкат UFC'даги навбатдаги жангини қачон ўтказиши мумкинлигини айтди 0 14:45Жавоҳир Синдаров Жаҳон чемпионати матбуот анжумани олдидан футбол томоша қилган — FIDE 0 14:18Синнер Australian Open—2027 мусобақасини ўтказиб юборади 0 13:42Италия U-17 мураббийи Ўзбекистонга қарши ўйин ҳақида: "Қизил карточка режаларимизни бузди" 0 13:18Марказий жангида Дмитрий Бивол иштирок этадиган RCC бокс кечасининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 12:45Ўзбекистон волейбол бўйича Осиёдаги энг кучли бешта жамоа қаторига киритилади. Бу ҳақда ҳукумат қарори эълон қилинди 0 12:23Жавоҳир Синдаров жамоаси Женевага ўзбек ошпазларини олиб борди 0 11:48Қирғизистон футзал бўйича Осиё Кубогига мезбонлик қилади 0 11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0

13 okt 09:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Brendan Allen o'zi uchun mantiqiy bo'lgan yagona jangni aytdi

Las-Vegasdagi UFC Fight Night 290 turnirida Kristian Leroy Dankanni muddatidan oldin mag'lub etgan Brendan Allen rejalari bilan o'rtoqlashdi.

U Drikus dyu Plessiga qarshi jangni vaziyatning eng maqbul rivoji deb hisoblaydi, biroq tashkilotning sobiq chempioni uning chaqirig'iga javob berishni istamasa, uni taqib qilmoqchi emas.

"Ha, agar unda etarlicha jasorat bo'lsa, bu jangni amalga oshiramiz. Uning tomonidan doim faqat gap-so'zlar. Men shartnomani imzolash imkoniyatini allaqachon uzoq vaqtdan beri kutyapman. Hammayoqqa har xil safsatalar tarqatishayotganini ko'ryapman: go'yo men shunchaki dyu Plessini jang qilishga chaqirayotganmishman. Birinchidan, u hozirda jang qilishdan mantiq qolgan yagona raqib. Ikkinchidan, uning ikkimiz o'rtasida kelishmovchiliklar bor. Uchinchidan, biz u bilan ilgari ham jang tashkil etish imkoniyatini muhokama qilganmiz, shuning uchun bunda g'ayrioddiy hech narsa yo'q.

Hamma mendan u haqida so'rayapti, men esa shunchaki savollarga javob beryapman – uning ortidan yugurmoqchi emasman. Jang qilamizmi – yaxshi. Yo'qmi – boshqa biror narsa o'ylab topamiz. Bilaman, Xanterda men uchun reja bor, u nima taklif qilishini ko'ramiz. Umid qilamanki, ushbu g'alabadan keyin menda bir nechta variantlar paydo bo'ladi va kerak bo'lsa, yana-da muhimroq narsani kutib tura olaman", – dedi amerikalik o'rta vazn vakili UFC Fight Night 290 turniridan keyingi matbuot anjumanida.

SHuningdek, joriy yilda oktagonga ikki marta chiqqan Allen yaqin uch oy ichida ishga qaytishni rejalashtirmayotganiga ishora qildi.

"Menga o'ttiz kunlik majburiy tibbiy chetlatish (diskvalifikaciya) berilganini aytishdi, lekin menga farqi yo'q – baribir yil oxirigacha boshqa jang qilmayman. Dam olishni va hayotdan zavqlanishni xohlayman. Hozir ov mavsumi. Aynan shuning uchun ham har doim yilning oxirgi juft oylarini bo'sh qilaman. SHunchaki hayotdan zavqlanishni, ota va er bo'lishni istayman.

Men juda ko'p ishladim. Katta nuqtai nazardan qaraganda, ushbu mashg'ulot lagerlarining aksariyati, ayniqsa men chiqish qilayotgan darajani hisobga olganman, tayyorgarlik uchun cheklangan vaqt sharoitida o'tgan. Qolaversa, men ikki karra tavakkal qilyapman: reytingda mendan pastda turgan raqiblar bilan jang qilishga rozi bo'lyapman va qisqa fursatda janglarni qabul qilyapman", – deya yakun yasadi Allen.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing