So’nggi yangiliklar

20:13Рамазон Темировнинг укаси Шоҳжаҳон Mangu 2 турнирида жанг қилди 0 19:36Достон Бозоров, Фурқатбек Ёқубов ва бошқа юлдузлар иштирокидаги Mangu 2 турниридан ОНЛАЙН 0 18:45АПЛнинг икки топ клуби "Реал" хавбеки Чуаменини нишонга олди 0 18:24Фомин Shymkent Challenger 50 турниридан неччи очко ҳамда пул мукофоти ишлаб олди? 0 18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0

01 okt 20:12
Yangiliklar

Boks/MMA, Olimpiya o'yinlari

Kun tarixi: Yozgi Olimpiya o'yinlaridagi ilk oltin medalimizga 20 yil bo'ldi

Bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam Avstraliyaning Sidney shahrida XXVII yozgi Olimpiya o'yinlariga o'z yakuniga etgan.

Etiborlisi, Olimpiadaning so'nggi kun dasturida O'zbekiston delegaciyasi bir yo'la 4 ta: 1 tadan oltin hamda kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan. Bu bilan jamoamiz Olimpiya o'yinlarini umumjamoa hisobida 43-o'rinda tugatgan edi.

Afsonaviy bokschimiz Muhammadqodir Abdullaevning -63.5 kg vazn toifasida qo'lga kiritgan oltin medali mustaqil O'zbekistonning yozgi Olimpiadalardagi dastlabki g'alabasi sifatida tarixdan joy oldi. SHuningdek, ushbu sanada o'sha paytda 21 yosh bo'lgan Artur Taymazov erkin kurash bahslarining eng og'ir vazn toifasida kumush medalga sazovor bo'lgan. Keyingi Olimpiadalarda Artur Taymazov qanday ishtirok etganini yaxshi bilasiz. Qolaversa, ushbu sanada bokschilarimiz Sergey Mixaylov (-81 kg) hamda Rustam Saidov (-91 kg) bronza medallari bilan taqdirlanishgan. Garchi ularning yarim final janglari bir necha kun avval o'tkazilgan bo'lsa ham, taqdirlash marosimi aynan 2000 yilning 1 oktyabr sanasiga to'g'ri keladi.

Keling, o'sha onlarni yana bir karra yodga olamiz:

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing