So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

12 apr 16:16
Yangiliklar

Boshqalar

Kurash. Xalqaro turnirga tayyorgarlik avjida

Teglar :  Kurash
Milliy qadriyatlarimizni tiklash, asrab-avaylash, rivojlantirish va butun dunyoga keng namoyish etishga alohida etibor qaratilayotir.

Bu jihatlar o'zbek kurashi turli qitalar va mamlakatlarda keng tarqalib borayotganida ham o'z ifodasini topmoqda. Kurash halol sport turi sifatida tan olindi.Mustaqillik yillarida ko'p asrlik tarixga ega milliy kurashimiz bo'yicha chempionatlar, xalqaro turnirlar o'tkaziladigan bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun SHahrisabzda Amir Temur, Termiz shahrida Hakim at-Termiziy xotirasiga bag'ishlab xalqaro turnirlar tashkil etildi, ular ananaviy tus oldi.

Aprel oyining oxirgi o'n kunligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha Amir Temur xotirasiga bag'ishlab xalqaro musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bo'yicha 2018 yil 3 aprel kuni imzolangan hukumat farmoyishi ijrosini taminlash yuzasidan ishchi guruh majlisi bo'lib o'tdi. Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov raisligida tegishli vazirlik va mahkamalar mutasaddilari tashkiliy masalalar bo'yicha chora-tadbirlarni qachon va qanday amalga oshirish borasida kelishib olishdi.

Mehmonlarni poytaxtimizda kutib olishdan tortib SHahrisabzdagi tadbirlar va musobaqaning ajoyib tarzda yodda qolishi uchun turli soha vakillari kamarbasta bo'lishlari ko'zda tutilgan.

Avgustda Indoneziyada o'tkaziladigan Osiyo o'yinlari dasturiga ilk bora o'zbek kurashi bo'yicha musobaqalar qo'shilgani SHahrisabzdagi turnirga bo'lgan qiziqishni yanada yuqori bosqichga ko'targani shubhasiz.

Musobaqada 33 davlatdan tashrif buyuradigan 100dan ziyod polvon mamlakatimizning etakchi kurashchilari bilan bellashadi. Turli qitalardan diyorimizga keladigan murabbiylar va mutaxassislar hamyurtlarimiz bilan o'zbek kurashini rivojlantirish va yanada keng yoyish bo'yicha fikr almashib, tajribalari bilan o'rtoqlashishlari ko'zda tutilmoqda.
O'zbek kurashi muxlislarini 21 aprelda boshlanajak xalqaro turnirga taklif etamiz.

Matbuot xizmati



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing