31 okt 15:17
Yangiliklar

Kurmayor. Donna Vekich final yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Sayyoramizning 97-raqamli tennischisi Donna Vekich Kurmayorda davom etayotgan musobaqaning finaliga yo'l oldi.
U yarim finalda italiyalik Jasmina Paolinaga qarshi kortga chiqdi va raqibasini 6:2, 6:0 hisoblarida taslim etishni uddaladi. Uchrashuv 1 soat 3 daqiqa davom etgan.
Endi Vekich bosh sovrin uchun Daniya vakilasi Klara Tausonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar