10 may 17:46
Yangiliklar
Mariya Timofeeva Istanbul Open chempioni!
Vakilamiz hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning sobiq 17-raketkasi xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi kortga chiqdi. To'qson ikki daqiqa davom etgan bahsda Mariya turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan nomdor raqibasini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchrata oldi - 6:4, 6:2.
Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 136, 29 yoshli Donna Vekich esa 89-o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz Istanbul turnirida oltinchi raqam ostida tasniflangan edi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Timofeeva bitta eys zarbasini amalga oshirib, bitta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Donnada qo'shxatolar 3 tani tashkil qildi, u eys zarbasini ijro eta olmadi.

Fikrlar