So’nggi yangiliklar

12:44Жорж Сен-Пьер Ислам Махачевни мағлуб этиш йўлини айтди 0 12:23Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 12:02Скала WWЕ ва UFC`дан 80 млн доллар ишлади 0 11:41Умар Кремлёв: "Қарор адолатли!" 0 11:20"Uzbekistan Judo Tour" мусобақасининг Тошкент шаҳар босқичи старт арафасида 0 10:59Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" Карим Бенземанинг "Ал Иттиҳод"и меҳмони бўлади 0 10:38Шумков Тошкентда Халоковга реванш беришга тайёр 0 10:17Карлос Алькарас Озодлик ҳайкалини татуировка қилди + ФОТО 0 09:56Алжамейн Стерлинг икки эҳтимолий рақибни айтди 0 09:35Sofascore. Энг юқори балл Файзуллаевда! Шомуродовчи? 0 09:14Нассурдин Имавов Чимаевни зарба эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:53Дрикус Дю Плесси октагонга қайтиш муддатини айтди 0 08:32Арман Царукян 10 январь куни собиқ PFL жангчисига қарши баҳс олиб боради + ПОСТЕР 0 08:11Нереснинг дубли "Наполи"га Италия Суперкубогини тақдим этди 0 07:50Шоҳжаҳон Эргашевнинг рақиби ўзгарди, у ҳинд боксчисига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0

21 okt 11:25
Yangiliklar

Sport kurashlari

U-23 Jahon chempionati. Doniyorxon Nakibov bronza medali uchun kurashadi

Kecha Serbiyaning Novi-Sad shahrida sport kurashlari bo'yicha U-23 yosh toifasidagi Jahon chempionati bellashuvlari boshlandi.

Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston yunon-rum kurashi jamoasining to'rt nafar vakili — Xusniddin Olimboev (63 kg), Doniyorxon Nakibov (77 kg), Murodjon Olimjonov (87 kg) hamda Damirxon Rahmatov (130 kg) gilamga ko'tarildi.

Ahamiyatlisi, ular orasidan 77 kg vazn toifasidagi Doniyorxon Nakibov musobaqa yarim finaliga qadar etib bordi. Mazkur bosqichda hamyurtimiz gruziyalik Temuri Orjonikidzega imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi Nakibov bugun Jahon chempionati bronza medali uchun bahs olib boradi. Uning bu yo'ldagi raqibi nomi keyinroq malum bo'ladi.

SHuningdek, kecha kurashgan sportchilarimizdan yana biri — Murodjon Olimjonov (87 kg) bugun o'tish bosqichida ishtirok etadi.

U-23 Jahon chempionatining ikkinchi kunida (21 oktyabr) ishtirok etadigan kurashchilarimiz:

55 kg: Xojiakbar Qo'chqorov (saralash bosqichi)

67 kg: Oybek SHaribjonov (saralash bosqichi)

72 kg: Abror Atabaev (saralash bosqichi)

77 kg: Doniyorxon Nakibov (bronza medali uchun)

87 kg: Murodjon Olimjonov (o'tish bosqichi)

97kg: Javohir SHodiyorov (saralash bosqichi).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing