27 okt 13:03
Yangiliklar
Tennis

Kuznecova ilk bor WTA Yakuniy turniri yarim finalida o'ynaydi
Singapurda davom etayotgan tennis bo'yicha WTA Yakuniy turnirida muddatidan avval yarim finalning ilk ishtirokchisi malum bo'ldi.
Rossiyalik Svetlana Kuznecova o'z guruhidagi ketma-ket ikkita uchrashuvda g'alaba qozonib, muddatidan oldin yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U faoliyatida ilk bor yarim finalda kortga chiqadi.
31 yoshli tennischi guruh bosqichida reytingda o'zidan yuqorida turgan raqibalari – chexiyalik Karolin Plishkova va ispaniyalik Garbin Mugurusani mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Fikrlar