23 okt 14:30
Yangiliklar
Tennis

Kuznecova Moskvadagi turnir g'olibaligini begona qilmadi
Rossiyalik Svetlana Kuznecova Moskva shahrida tashkil etilgan ananaviy Kreml Kubogida bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan Kuznecova hal qiluvchi final uchrashuvida avstraliyalik Darya Gavrilovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda 31 yoshli Svetlana 22 yoshli Dashani 6:2, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Moskvadagi muvaffaqiyat dunyoning to'qizinchi raketkasiga 141 700 dollar mukofot puli hamda 470 reyting ochkosini taqdim etdi.
Svetlana Kuznecova (Rossiya, 1) – Darya Gavrilova (Avstraliya) – 6:2, 6:1
Havola :
Fikrlar