01 okt 17:30
Yangiliklar
Tennis

Kvitova - Uxan turniri g'olibi va 471 ming dollar sohibasi!
CHexiyalik Petra Kvitova Xitoyning Uxan shahrida yakunlangan nufuzli tennis turniri g'olibasiga aylandi.
Ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 2 280 250 dollarni tashkil etgandi. Kvitova hal qiluvchi final uchrashuvida slovakiyalik Dominika Cibulkovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 2 daqiqa davom etgan uchrashuvda Petra reytingda o'zidan yuqorida turgan raqibasini ortiqcha qiyinchiliksiz - 6:1, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Uxandagi muvaffaqiyatli ishtirok Kvitovaga 471 ming dollar mukofot puli hamda 900 reyting ochkosini taqdim etdi.
Uxan. Final
Petra Kvitova (CHexiya, 14) – Dominika Cibulkova (Slovakiya, 10) – 6:1, 6:1
Havola :
Fikrlar