01 apr 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Kyortis Bleyds jarohat sabab UFCdan nomalum muddatga chetlatildi
Og'ir vaznli amerikalik UFC jangchisi Kyortis Bleyds Kris Dakasga qarshi jangdan so'ng o'ng oyog'idan jarohat oldi, endilikda u ortopeddan ruxsat olmagunicha UFCda nomalum muddat jang o'tkazmaydi.
Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bermoqda. Eslatib o'tamiz, Bleyds Dakasni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.
SHunday qilib, Bleyds MMAda o'zining 16-g'alabasini qo'lga kiritdi, shuningdek uning hisobida uch mag'lubiyat ham bor. Ushbu omadsiz jang Dakasning 5-mag'lubiyat alamini totib ko'rishiga sabab bo'ldi. Kris MMAda to'qqiz bor g'oliblikni qo'lga kiritgan. U Bleydsdan avval Derrik Lyuisga qarshi jang qilgan va o'shanda ham nokautga uchrab, mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar