30 jan 07:48
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/53153_220.jpg)
Ladies Trophy. Azarenko Toshkent Open-2018 g'olibasini engdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, ayni paytda WTA reytingida 51-o'rinni egallab turgan Viktoriya Azarenko Piter turnirini g'alaba bilan boshladi. Belaruslik tennischi Toshkent Open-2018 turniri g'olibasi rossiyalik Margarita Gasparyandan ustun keldi.
Gasparyan hozirda reytingning 81-pog'onasidan joy olgan. Roppa-rosa bir yarim soat davom etgan uchrashuvda Azarenko 6/4, 6/1 hisobida g'alaba qozondi. Endi 29 yoshli Viktoriya St.Petersburg Ladies Trophy turnirining ikkinchi davrasida chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar