03 fev 09:18
Yangiliklar
Tennis

Ladies Trophy. Vekich mezbonlar vakilasini mag'lub etdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida o'tkazilayotgan nufuzli turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Rossiyalik tennischi Vera Zvonaryova 1/2 finalda xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 30-raketkasi bo'lib turgan Vekich 6:2, 6:2 hisobida g'alaba qozondi.
34 yoshli Vera esa reytingning 97-pog'onasini egallab turibdi. Endi 22 yoshli Donna St.Petersburg Ladies Trophy turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar