02 noy 17:12
Yangiliklar
Futbol
LaLiganing oktyabrdagi eng yaxshi futbolchisi - Suares (+statistika)
WhoScored nashri "Barselona" hujumchisi Luis Suaresni LaLiganing oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topdi.
Statistikaga moslashgan nashr taqdim etgan hisobotda, Suares oktyabr oyidagi o'yinlarda 8,38 ball oldi. Bu Ispaniya chempionatidagi boshqa futbolchilarning bahosidan yuqoriroq. Urugvaylik oktyabr oyida 3ta uchrashuvda ("Valensiya", "Sevilya", "Real") maydonga tushdi va 4ta gol urib, 2ta golli pas berdi.
Luis Suaresning oktyabrdagi statistikasi (LaLiga)
"WhoScored" bahosi - 8,38 (10 ballik tizim, 1-o'rin)
Gollar - 4ta (1-o'rin)
Assistentlik - 2ta (1-o'rin)
Zarbalar - 14 (1-o'rin)
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini - 2ta (1-o'rin)
Xavfli hujum yaratgan paslari - 6ta (18-o'rin)
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar