17 avg 10:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko qaytmoqda! U mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan bokschiga qarshi jang qilishi mumkin
Uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni, ukrainalik Vasiliy Lomachenko (18-3, 12 KO/TKO) professional boksdagi faoliyatini tiklab, mag'lubiyatga uchramagan, WBO reytingining ikkinchi engil vazn toifasidagi birinchi raqamli bokschisi - filippinlik CHarli Suares (19-0, 11 KO/TKO)ga qarshi jang o'tkazishi mumkin.
Bu haqda BoxingScene o'z manbalariga tayanib xabar berdi.
Dastlabki malumotlarga ko'ra, tomonlar jangni noyabr oyida o'tkazish bo'yicha kelishib olgan. Jang g'olibi WBO va IBF versiyalari bo'yicha ikkinchi engil vazn toifasidagi jahon chempioni Emanuel Navarrete bilan ringga chiqishi mumkin.
Vasiliy Lomachenko 2025 yil iyun oyida professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi. Lomachenko — ikki karra Olimpiya chempioni (2008, 2012), jahon chempioni (2009, 2011) hamda Evropa chempioni (2008) hisoblanadi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar