So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

11 mar 17:41
Yangiliklar

Tennis

Latofatli tennis malikalari bolalikda va hozir qanday ko'rinishda? + FOTOGALEREYA

Dunyo tennis go'zallari bolalikda va ayni vaqtda qanday ko'rinishda ekanligini bilasizmi?

Biz sizga dunyo tennis malikalarining ayni vaqtdagi va bolalikdagi suratlarini taqdim etamiz.

Mariya SHarapova

Jahonning sobiq 1-raketkasi, yakkalik bahslarida 36 ta unvon sohibasi.

SHarapova «Katta Dubulg'a» turkumiga kiruvchi to'rtta turnirni 1 yilda yuta olgan jami 5 ta «Katta Dubulg'a» turnirlarida g'olib chiqqan rossiyalik tennischi. 2004 yil WTA Yakuniy turniri g'olibasi bo'lgan. Yakkalik bahslarida 2012 yilgi London Olimpiadasi kumush medali sohibasi. Mariya SHarapova 2020 yilda proffesional faoliyatini yakunlagan. 

Elina Svitolina

Jahonning sobiq 3-raketkasi, foaliyati davomida yakkalik bahslarida 16 ta unvonni qo'lga kiritgan.

2020 yilgi Tokio Olimpiadasining bronza medal sohibasi. Ukrainalik tennischi 2018 yilgi WTA Yakuniy turniri chempioni hisoblanadi.

Anna Kurnikova

Yakkalikda jahonning sobiq 8, juftlikda 1-raketkasi. Anna juftlik bahslarida 16 ta unvon sohibasiga aylangan.

Australian Open-1999, 2002 chempioni. Rossiyalik tennischi juftlikda ikki bor WTA Yakuniy turniri chempioni bo'lgan (1999, 2000) .

Viktoriya Azarenko

Jahonning sobiq 1-raketkasi, yakkalik bahslarida 21 ta titul sohibasi.

Belorussiyalik tennischi Australian Open-2012 chempioni, 2012 yilgi Olimpiadada aralash juftlik bahslarida oltin, yakkalik bahslarida bronza medaliga sazovor bo'lgan.

Elena Vesnina

Yakkalikda jahonning sobiq 13, juftlikda 1-raketkasi. Yakkalik bahslarida 3 ta, juftlikda 18 ta chempionlik unvoni sohibasi.

Juftliklarda uchta va aralash juftliklarda bitta «Katta Dubulg'a» turnirlarining chempioni. 2016 yilgi Olimpiadada u juftlik bahslarida oltin, 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida esa aralash juftlik bahslarida kumush medalni qo'lga kiritgan.

Agneshka Radvanska

Jahonning sobiq 2-raketkasi, yakkalik bahslarida u 20 ta unvon sohibasiga aylangan.

Polshalik tennis malikasi Uimbldon-2012 finalchisi, Singapurdagi WTA Yakuniy chempionati - 2015, Xopman Kubogi - 2015 chempioni hisoblanadi.

Sloan Stivens

Yakkalikda jahonning sobiq 3-raketkasi, 7 ta unvon sohibasi.

Amerikalik tennischi US Open - 2017 chempioni, "Rolan Garros - 2018" va WTA Yakuniy turniri - 2018 finalchisi hisoblanadi. AQSH terma jamoasi bilan 2017 yilgi Federaciya Kubogi g'olibasi.

Petra Kvitova

Yakkalikda jahonning sobiq 2-raketkasi. Faoliyati davomida 28 ta unvon sohibasiga aylangan.

CHexiyalik tennischi  2011 va 2014 yilda Uimbldon chempioni bo'lgan, 2016 yilgi Rio Olimpiadasida yakkalik bahslarida bronza medalini qo'lga kiritgan.

Reyting:    

Fikrlar

   
11 mar 23:42:44
Abror_Tursunov
Iroda To'laganovani ham kiritmabsizlarda ))
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing