01 may 08:50
Yangiliklar
Tennis

Laura Zigemund sovrinni begona qilmadi
Germaniyaning SHtutgart shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida germaniyalik Laura Zigemund hamda franciyalik Kristina Mladenovich o'zaro to'qnash kelishdi. Ikki soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda Zigemund 6:1, 2:6, 7:6(5) hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, 29 yoshli Laura dunyo reytingida 49, 23 yashar Mladenovich esa 19-o'rinni egallab turibdi. SHtutgartdagi muvaffaqiyatli ishtirok mezbon tennischiga 107,036 evro mukofot puli hamda 470 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar