22 iyu 08:23
Yangiliklar
Tennis
Layovich Umagda faoliyatidagi ilk sovringa ega chiqdi
Xorvatiyaning Umag shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha ATP turniri Dushan Layovichning g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning 36-raketkasi Plava Laguna Croatia Open Umag turnirining final uchrashuvida reytingning 207-pog'onasidan joy olgan vengriyalik Attila Balashga qarshi kortga chiqdi.
Dushan 1 soatu 50 daqiqa davom etgan bahs yakunida raqibidan ikki setda ham bir xil 7/5 hisobida ustun keldi. Umagdagi muvaffaqiyatli ishtirok Layovichga 90 390 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu uning faoliyatidagi ilk sovringa ham aylandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar