07 mar 14:39
Yangiliklar
Boshqalar
Lebron Jeyms MBA tarixida yana bir o'ziga xos natija qayd etdi
Milliy basketbol associaciyasi (MBA) Muntazam chempionat bahslari davom etmoqda.
Uchrashuvlarning birida "Los-Anjeles Leykers" klubi "Sakramento Kingz" jamoasini qabul qildi. "Leykers" afsonasi Lebron Jeyms boshlang'ich tarkibda parketga chiqdi va bu bilan u MBA tarixida o'yinlar o'tkazish bo'yicha toza 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Lebronning MBAda o'tkazgan uchrashuvlari soni 1477 taga etdi. Bu bilan Jeyms basketbol shon-shuhrati Zali azosi Karl Meloun (1476)dan o'zib ketdi.
Robert Perish MBAda eng ko'p o'yin o'tkazgan basketbolchi hisoblanadi. Uning hisobida 1611 ta o'yin bor. Kuchli uchlikdan Karim Abdul-Jabbar (1560) va Vins Karter (1541) joy olgan. 39 yoshli Lebrondan avvalgi o'rinlarni Dirk Novicki (1522) va Jon Stokton (1504) band etgan.
Havola :
Fikrlar