27 dek 07:03
Yangiliklar
Legionerlar. Masharipov va SHukurov jamoalarida g'alabalar
Riyodliklar safida Jaloliddin Masharipov o'yinni to'liq o'tkazdi va 88-daqiqada ogohlantirildi. U hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol etishga ham muavvafaq bo'ldi, ammo VAR qaroriga ko'ra gol inobatga olinmadi.
“Al Nassr” jadvalda 23 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.
“Al Nassr” – “Al Xazm” 2:1 (1:0, 1:1)
“MRSOOL Park” stadioni
Gollar: Al G'anim 14 – 1:0, Abubakar 52 – 2:0, Rodrigesh 57 – 2:1
BAA yuqori divizioni 11-turida “SHarja” uyda “Baniyas” ustidan yirik hisobda g'alabaga erishdi. O'yinni asosiy tarkibda boshlagan mezbonlar yarim himoyachisi Otabek SHukurov 90+3-daqiqada zaxiraga olindi va uning o'rniga Majid Surur maydonga tushurildi.
“SHarja” mazkur muvaffaqiyatdan keyin ochkolari sonini 19 taga etkazib oldi va turnir jadvalida to'rtinchi pog'onaga ko'tarildi.
“SHarja” – “Baniyas” 3:0 (1:0, 2:0)
“SHarja” stadioni
Gollar: Kayo 31 – 1:0, Rashid 48 – 2:0, Gustavo 75 – 3:0.
Fikrlar