29 dek 09:45
Yangiliklar
Futbol

“Legiya” Odil Ahmedovning jamoadoshini 1 mln evroga sotib oladi
Rossiyaning “Krasnodar” klubi himoyachisi Artur Enjeychik yana sobiq jamoasi “Legiya”ga qaytadi.
Malumotlarga ko'ra, Varshava klubi Artur uchun 1 million evro to'laydi. Avvalroq “Krasnodar” klubi rahbariyati himoyachi uchun 3,5 million evro so'rayotgandi.
Enjeychik “Legiya” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Artur o'tgan mavsumning ikkinchi qismini aynan varshavaliklar safida ijara asosida o'tkazgan edi.
Havola :
Fikrlar