29 apr 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Lennoks Lyuisning fikricha, Fyuri baribir Usik-Joshua jangi g'olibi bilan to'qnash keladi
Sobiq superog'ir vazn toifasidagi mutlaq jaxon chempioni Lennoks Lyuisning so'zlariga ko'ra, Tayson Fyuri faoliyatini davom ettiradi.
U Usik-Joshua jangi g'olibi bilan ringda to'qnash kelishiga umid bildirmoqda.
"Fyuri faoliyatini yakunlashi haqida malum qilganini bilaman. Lekin, uning hali tugallanmagan ishlari bor. Fyurini mutlaq jaxon chempionlari qatorida ko'rishni xohlayman.
Joshua va Uaylderda bu imkoniyat bor edi. Ammo, bu sodir bo'lmadi. Fyuri bitta jang bilan mutlaq chempion bo'lishi mumkin. Usik va Joshuaga esa ikki yoki uchta jang kerak bo'ladi.
Umid qilamanki, Fyuri Usik-Joshua jangi g'olibi bilan ringda to'qnash keladi va mendan keyingi birinchi mutlaq jaxon chempioniga aylanadi. Men bu joyni juda uzoq vaqt issiq ushlab turdim", - deya Lyuisning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar