05 mar 11:51
Yangiliklar
Tennis

Lesya Curenko Akapulkoda chempionlik unvonini himoya qildi
Ukrainalik tennischi Lesya Curenko Meksikaning Akapulko shahrida o'tgan turnirda bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Bu bilan u chempionlik unvonini himoya qilishga ham muvaffaq bo'ldi. O'tgan yili ham u bosh mukofotga ega chiqqan edi. Curenko bu safargi final uchrashuvida shveycariyalik SHtefani Fegele 5:7, 7:6(2), 6:2 hisobida taslim etdi.
Ushbu sovrin Lesya uchun faoliyatidagi WTA turnirlaridagi to'rtinchi titul bo'ldi. Curenko 2015 yilda Istambul, 2016 yilda Guanchjou, 2017 yilda esa xuddi kecha bo'lgani singari Akapulkodagi turnirda g'olib bo'lgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar