17 iyu 13:13
Yangiliklar
Tennis

Libema Open. Bugungi final sof francuzcha bo'ladi
Gollandiyaning Xertogenbosh shahrida maysali kortlardagi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda,
Bugun turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida ikki franciyalik tennischilar - Jeremi SHardi va Rishar Gaske o'zaro to'qnash kelishadi hamda bosh mukofot kimga tegishli degan savolga oydinlik kiritib berishadi.
Etiborlisi, ikkala francuz ham yarim finalda avstraliyalik tennischilarni mag'lub etishdi. Dunyoning 72-raketkasi bo'lib turgan Jeremi Mettyu Ebdenni 6:4, 7:5 hisobida taslim etdi. ATP reytingida 30-o'rinni band etgan Gaske esa 181-pog'onada borayotgan Bernard Tomichdan 6:4, 6:7(6), 6:2 hisobida ustun keldi.
Havola :
Fikrlar