01 may 08:03
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul" CHempionlar ligasi rekordini o'rnatishi mumkin
Bugun va ertaga ECHLda yarim finalning javob uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
"Liverpul" futbolchilari Rimdagi "Olimpiko" stadionida o'tadigan "Roma"ga qarshi bahsda UEFA CHempionlar ligasining bir mavsumda eng ko'p gol urish borasidagi rekordini yangilashi mumkin. Buning uchun Klopp shogirdlari Italiyada ikkita gol urishlari kerak bo'ladi.
"Qizillar" ECHLning joriy mavsumida 44ta gol kiritishdi. "Barselona"ning 1999-2000 yilgi mavsumda o'rnatgan rekordini takrorlash uchun mersisaydliklarga bitta gol kerak. Ikkta gol urilsa rekord yangilanadi, deya malumot berdi UEFA rasmiy sayti.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar