04 noy 15:26
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul" futbolchisi Xitoy yoki AQSHga yo'l olishi mumkin
"Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Uning mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi mavsum yakuniga qadar amal qiladi va shartnoma hozircha uzaytirilgani yo'q. Futbolchiga Xitoy va AQSH klublari qiziqmoqda. Ammo, "qizillar" ham qishda Lallanaga yangi shartnoma taklif qilishlari mumkin.
Malumot uchun, Adam "Liverpul"ga 2014 yilda "Sautgempton" klubidan o'tgan. Futbolchi 2013 yildan buyon Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Havola :
Fikrlar