24 iyu 10:37
Yangiliklar

Lobov: Qo'lqopsiz jang bo'yicha birinchi irlandiyalik jahon chempioni bo'laman
Kelib chiqishi rossiyalik bo'lgan irland sportchisi, sobiq UFC jangchisi Artem Lobov Pol Malinyaji ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Qo'lqopsiz jang bo'yicha birinchi irlandiyalik jahon chempioni bo'laman. Bazi odamlar ko'p gapirib keyin yo'q bo'lib qolishadi. Sizga bu yoqishi yoki yoqmasligi mumkin. Lekin, siz jangdan avval noo'rin gaplar bilan raqibni izza qilishingiz kerak emas. Jang o'tadi, keyinchalik jangchilar bir-birlarini hurmat qilishlari kerak»,-dedi Lobov.
Eslatib o'tamiz, bugun AQSHda qo'lqopsiz jang bo'yicha Bare Knuckle FC turniri o'tkazildi va unda Lobov bokschi Pol Malinyajini mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar