01 okt 15:04
Yangiliklar

Artyom Lobov Zubayra Tuxugovga qarshi jangining bekor qilinishiga sabab bo'lgan jarohatini ko'rsatdi + FOTO
Meta MMA portali jurnalisti Salam Umarov o'zining telegram kanalida ushbu jangni to'xtatishga majbur bo'lgani aks etgan suratni elon qildi. Irlandiyalikning jarohati sabab Lobov - Tuxugov jangi 74,84 kg vazn toifasida PFL Road to Dubai Champions Series 3 turniri kardidan echildi.
Malumot uchun, asli rossiyalik bo'lgan Artyom so'nggi jangini 2018 yil 27 oktyabr kuni UFC Fight Night 138 turnirida o'tkazgandi. O'shanda u hakamlarning yakdil qarori bilan amerikalik Maykl Jonsonga yutqazgandi. Uning rekordida 13 g'alaba va 15 ta mag'lubiyat bor. Bitta jang hakamlar qaroriga ko'ra durang, yana biri esa o'tkazilmagan deb topilgan.
Zubayra Tuxugov esa so'nggi jangini 2023 yilning 12 fevral kuni UFC 284 turniri doirasida o'tkazgandi. O'shanda Tuxugov hakamlarning qarori bilan Braziliya vakili Elvis Brenerga yutqazgandi. Zubayra hisobida 20 g'alaba, 6 mag'lubiyat va bitta durang bor.
Fikrlar