21 okt 08:52
Yangiliklar
Tennis
Luxembourg Open. Bosh sovrin Germaniyaga ketdi
Germaniyalik tennischi Yuliya Gyorges Lyuksemburgda o'tkazilgan turnir g'olibasiga aylandi.
Dunyoning 9-raketkasi bo'lib turgan Gyorges final uchrashuvida shveycariyalik Belinda Benchichga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 27 daqiqa davom etgan final bahsida 29 yoshli Gyorges raqibasidan 6/4, 7/5 hisobida ustun keldi.
BGL BNP Paribas Luxembourg Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Gyorgesga 34 677 evro mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu olmon tennischisi uchun faoliyatidagi oltinchi sovrin bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar