01 may 10:50
Yangiliklar
Tennis

Lyuka Puye Budapesht turniri g'olibiga aylandi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnir yakunlandi.
Musobaqaning yakkalik bahslari hal qiluvchi final uchrashuvida franciyalik Lyuka Puye hamda britaniyalik Alyaj Bedene o'zaro to'qnash kelishdi. Bir soatu 4 daqiqa davom etgan uchrashuvda Puye 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok dunyoning 14-raketkasi bo'lgan francuz tennischisiga 85,945 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar