20 okt 08:04
Yangiliklar
Tennis
Lyuksemburgda Busharni to'xtatib qolishdi
Kanadalik tennis malikasi Ejeni Bushar Lyuksemburgda davom etayotgan turnirning 1/2 finalida o'z yurishini to'xtatdi.
Bushar BGL BNP Paribas Luxembourg Open musobaqasining yarim final uchrashuvida dunyoning 9-raketkasi germaniyalik Yuliya Gyorgesga yutqazib qo'ydi. Ikki soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda Yuliya WTA reytingida 108-o'rinni egallab turgan raqibasini 6/7(3), 7/5, 6/1 hisobida mag'lub etdi.
Bugun 29 yoshli Gyorges final uchrashuvida shveycariyalik Belinda Benchichga qarshi kortga chiqadi. Belinda yarim finalda ukrainalik Dayana Yastremskayadan ustun keldi. Bushar esa bir oy avval Toshkent Open turniirida ishtirok etgan va birinchi bosqichdayoq mag'lubiyatga uchragan edi.
Havola :
Fikrlar