09 may 08:47
Yangiliklar
Tennis
Madrid "Masters" bosh sovrini Ispaniyada qoldi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida o'tkazilgan "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan ispaniyalik Karlos Alkaraz dunyoning uchinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqdi.
Oltmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz nomdor raqibini 6/3, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 19 yoshli Karlos 1 ta, 25 yashar Zverev 3 ta eys zarbasini ijro etgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Alkaraz ilk bor g'alaba qozongan - 1:2.
Mutua Madrid Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Karlos Alkarazga 1000 reyting ochkosi hamda $1,041,570 dollar mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar