05 may 16:47
Yangiliklar
Madrid "Masters". Juftlik turnirida bosh sovrin sohiblari malum
Musobaqaning juftliklar o'rtasidagi bahslarida chempionlar aniqlandi. Amerikalik Sebastyan Korda va avstraliyalik Jordan Tompson juftligi Madrid "Masters" chempioniga aylanishdi. Ular hal qiluvchi final uchrashuvida urugvaylik Ariel Bexar hamda chexiyalik Adam Pavlashek hamkorligini 6/3, 7/6(7) hisobida taslim etishdi.
Sakson to'qqiz daqiqalik bahsda Korda/Tompson juftligi 3, Bexar/Pavlashek esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar har ikkala juftlikda ham bittani tashkil qilgan. Qo'shxatolar vice-chempionlarda ko'proq bo'ldi - 3 ga 2.
Bu chempionlarning hamkorlikda qo'lga kiritgan ilk sovrinlari edi. Ular 1000 reyting ochkosi hamda 391,680 evro mukofot pulini qo'lga kiritishdi. Bexar va Pavlashek esa bir haftalik mehnatlaridan 600 ochko va 207,660 evroga ega bo'lishdi.
Fikrlar