07 may 10:38
Yangiliklar
Tennis
Madrid “Masters”. Monfis raqibiga to'rtta geym berdi
Dunyoning 18-raketkasi Gael Monfis Madrid “Masters” turnirining uchinchi davrasiga yo'l oldi.
Franciyalik tennischi ilk davra uchrashuvida italiyalik Andreas Seppiga qarshi kortga chiqdi. Monfis 55 daqiqa davom etgan bahsda reytingning 67-pog'onasidan joy olgan raqibidan 6/3, 6/1 hisobida ustun keldi.
Endi 32 yoshli Monfis Mutua Madrid Open turnirining ikkinchi davrasida belgiyalik David hamda vengriyalik Marton Fuchovich uchrashuvi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar