06 may 07:28
Yangiliklar
Madrid "Masters" turniri yakunlandi. Bosh sovrin kimga nasib etdi?
Musobaqa bosh sovrini uchun kechgan final uchrashuvida dunyoning sakkizinchi raketkasi rossiyalik Andrey Rublyov ATP reytingida 35-pog'onada borayotgan kanadalik Feliks Ojega qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 49 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov raqibini 4/6, 7/5, 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, Madrid "Masters" chempioniga aylandi. Irodali g'alaba unga faoliyatidagi ikkinchi "Masters" turniri chempionligini taqdim etdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Andrey foydasiga yanada yiriklashdi - 5:1
Final statistikasi:
Andrey Rublyov - 7 ta eys, 5 ta qo'shxato, 3 ta breyk
Feliks Oje - 14 ta eys, 5 ta qo'shxato, 2 ta breyk
Rossiyalik tennischi bugun elon qilinadigan yangilangan ATP reytingida 6-o'ringa ko'tarilib oladi. U Madriddagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 1000 reyting ochkosi hamda 963,225 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi. Oje esa 650 ochko va 512,260 dollarga ega bo'ldi. Kanadalik yangilangan reytingda Top-20`ga qaytadi.
Fikrlar