14 may 07:40
Yangiliklar
Tennis

Madrid Open. Bosh sovrin Germaniyaga ketdi
Ispaniya poytaxti Madrid shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha nufuzli Mutua Madrid Open turniri yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 7 435 455 dollarni tashkil qilgan musobaqada germaniyalik Aleksandr Zverev bosh sovrin sohibiga aylandi. Dunyoning uchinchi raketkasi final uchrashuvida avstriyalik Dominik Timdan ustun keldi.
Bir soatu 18 daqiqa davom etgan final bahsida Zverev dunyo reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan raqibini 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlarida esa hamon Tim 4:2 hisobida oldinda bormoqda.
Havola :
Fikrlar