11 may 15:18
Yangiliklar
Tennis

Madrid Open. Nadal chempionlik himoyasini davom ettirmoqda
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha nufuzli Mutua Madrid Open turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 7 435 455 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada chorak final ishtirokchilari malum bo'ldi. Dunyoning birinchi raketkasi va shu bilan birga amadagi chempion Rafael Nadal Rafael argentinalik Diego SHvarcmanni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Har ikkala tennischi ham 1 soatu 44 daqiqa davom etgan uchrashuvda bittadan eys zarbani amalga oshirishdi. Endi ispaniyalik yulduz yarim final bahsida avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqadi. Tim chorak finalda xorvatiyalik Borna CHorichdan 2:6, 7:6(7), 6:4 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar